Tsevekid ko'rsatmalar
Foydalanish uchun ko'rsatmalar
Vitamin S va mavrak ekstrakti yosh bolalar organizmini o'sishi va rivojlanishi uchun zarur bo'lgan biologik faol birikmalar bilan boyitishga, yuqori nafas yo'llarini yallig'lanish kasalliklariga qarshi kurashishini oshirish, ayniqsa immunitet pasaygan vaqtda, sport bilan shug'ullanganda yoki jismoniy zo'riqish vaqtida organizmni energiya bilan ta'minlashga imkon beradi. Ishtaxa va ovqatni yaxshi xazm bo'lishini yaxshilaydi, spazm va sanchiqlardan saqlaydi. Biologik faol birikmalarning birgalikda qo'llanilishi bolalarning nerv tizimiga yaxshi ta'sir etishi, ma'lumotlarni yaxshi qabul qilishi va og'ir kasallikdan, shuningdek jismoniy mehnatdan keyin organizm kuchini tiklanishi aniqlangan.
Foydalanish uchun barcha ko'rsatkichlar
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat komponentlariga individual sezuvchanlik.
Barcha kontrendikatsiyalar
Dori vositasi emas!
Qabul qilishdan avval mutaxassis bilan maslahatlashish lozim.
Qabul qilishdan avval mutaxassis bilan maslahatlashish lozim.
BFQ ichga buyuriladi, ovqatlanish vaqtida qabul qilinadi. Sutkalik dozani bir necha qabulga bo'lib qabul qilish tavsiya etiladi. Go'daklarga qo'shimchani suv, choy, sharbat yoki ovqatiga qo'shib berish tavsiya etiladi. Bir tomchi 5 mg vitamin S saqlaydi.
Profilaktika uchun
- 2 yoshdan 11 yoshgacha bo'lgan bolalarga sutkada 5 tomchidan;
- 12 yoshdan 17 yoshgacha bo'lgan bolalarga sutkada 10-15 tomchidan.
Qabul qilish kursi 2-3 haftagacha, bolaning xolatiga qarab davolash kursini davom ettirishni shifokor xulosa beradi.
Nojo'ya ta'sirlari paydo bo'lganda, qabul qilishni to'xtatib, shifokorga murojaat etish kerak
1 ml tarkibi:
Faol moddalar: mavrak quruq ekstrakti - 50 mg; askorbin kislotasi - 95 mg.
Yordamchi moddalar: dinatriya edetat, glitserol,tozalangan suv.
Faol moddalar: mavrak quruq ekstrakti - 50 mg; askorbin kislotasi - 95 mg.
Yordamchi moddalar: dinatriya edetat, glitserol,tozalangan suv.
Mavrak ekstrakti biologik faol birikmalarga boy bo'lib, u o'z tarkibida kamfora, tanin, fitoestogenlar, flavonoidlar, efir moylari (vitaminlar V1, R, S, RR) kabi moddalarni saqlaydi. Ular nafas a'zolari, nerv tizimi faoliyatiga va modda almashinuviga yaxshi ta'sir ko'rsatadi, kapillyar va qon-tomirlari devorlarini mustahkamlaydi va o'tkazuvchanligini kamaytiradi, organizmning kasallik tarqatuvchi mikroorganizmlariga kurashuvchanligini oshiradi. Organizmda biologik jarayonlarni kechishi uchun energiyani ishlab chiqarishda ishtirok etadi.
Retseptsiz.
Quruq, yorug'likdan ximoyalangan joyda 25ºC gacha xaroratda, namlik darajasi 75% dan yuqori bo'lmagan joyda saqlansin. Bolalar ola olmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati:
2 yil.
Yaroqlilik muddati o'tganidan so'ng qo'llanilmasin.
Chiqarish shakllari
Tsevekid dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
Tsevekid dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
Tsevekid dori vositasi ООО IMUNEKS tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
Ushbu dori vositasi qanday kasallikni davolash uchun ishlatiladi?