×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

OFT-ALLERG tomchilar 5 ml 0,1%

Kategoriya:
- Oftolmologik vositalar
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Farmakoterapevtik guruh:
- Allergiyaga qarshi vosita.
Ishlab chiqaruvchi:
- Jurabek Laboratories СП ООО
ATX kodi:
- S01GX09
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

EMOPROKS ko'z tomchilari 5ml 1% World Medicine Ophthalmics Ilaclari Ltd. Sti., Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S. Turkiya
44 800 s`om dan
KATAKSOL ko'z tomchilari 15ml 0,015% N1 World Medicine Ophthalmics Ilaclari Ltd Sti, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S. Turkiya
32 000 s`om dan
GIDROKORTIZON maz 3g 0,5% Татхимфармпрепараты, АО Rossiya
5 000 s`om dan
KYUPEN FORTE ko'z tomchilari 5ml 0,5% N1 Avison Pharmaceuticals Pvt. Ltd, Индия произведено: Adore Pharmaceuticals Pvt. Ltd Hindiston
30 000 s`om dan
Yaroqlilik muddati (oy) 24
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi:

1 ml preparat saqlaydi:

 Faol modda: Olapatadin gidroxloridi-1.11 mg olapatadinga qayta hisoblaganda-1.0 mg

Yordamchi  moddalar: Benzalkoniy xloridi, natriy xloridi, dinatriy fosfat digidrati, xlorid kislotasi, 1 ml gacha in'ektsiya uchun suv. 

Сhiqarilish shakli

Ko'z tomchilari. 5.0 ml dan tomchili flakonlarda.                                 

Ko'z tomchilari 0.1%
1 ml preparat saqlaydi:

Faol modda: Olapatadin gidroxloridi-1.11 mg olapatadinga qayta hisoblaganda-1.0 mg

Yordamchi moddalar: Benzalkoniy xloridi, natriy xloridi, dinatriy fosfat digidrati, xlorid kislotasi, 1 ml gacha in'ektsiya uchun suv.
H1-gistamin retseptorlarining selektiv blokatorlari, shuningdek, semiz hujayralardan yallig'lanish mediatorlarini ajralishini ingibirlaydi. Yaqqol allergiyaga qarshi ta'sir ko'rsatadi. 

α-adrenoretseptorlariga, dofamin retseptorlariga, M1-va M2-xolinoretseptorlariga, shuningdek serotonin retseptorlariga ta'sir ko'rsatmaydi.

So'rilishi

Mahalliy qo'llanilganda tizimli so'rilishi past bo'ladi. Qon plazmasidagi olopatadinning Cmax mahalliy qo'llagandan keyin 2 soat mobaynida erishiladi va 0.5 ng/ml va 1.3 ng/ml dan kamroqni tashkil qiladi.

Сhiqarilishi

Plazmada T1/2  3 soatni tashkil qiladi. Asosan buyraklar orqali chiqariladi, 60-70% o'zgarmagan holda chiqariladi.
1680 bemorlarni o'z ichiga olgan klinik tadkikotlarda, dozalash tartibi 1 dan 4 tomchi/kungachani, davolash kursi muddati 4 oygachani tashkil qiladi, olopatadin xam monoterapiya sifatida va loratadin bilan birga 10 mg dozada o'tkaziladi. Uchragan nojo'ya ta'sirlarning umumiy chastotasi 4.5% ni tashkil qiladi, shu bilan birga, nojo'ya reaktsiyalar tufayli klinik tadqiqotda ishtirok etishni to'xtatish faqat 1.6% hollarda kuzatildi. Klinik tadqiqotlar davomida ham ko'ruv a'zolari tomonidan, ham butun organizm tomonidan jiddiy nojo'ya hodisalar kuzatilmadi. Davolash bilan bog'liq eng keng tarqalgan nojo'ya reaktsiya ko'zdagi noqulaylik edi, bu hodisa bemorlarning 0,7% qayd etildi. Quyidagi nojo'ya reaktsiyalar klinik tadqiqotlar va preparatni ro'yxatdan o'tkazishdan keyingi foydalanishda kuzatilgan va nojo'ya reaktsiyalarni uchrash tez-teziligi quyidagi gradatsiyaga ko'ra tasniflangan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha), tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha), kamdan-kam (≥1/10 000 dan <1/1000 gacha), juda kam (<1/10 000), tez-tezligi noma'lum (uchrash tez-tezligini mavjud ma'lumotlar asosida aniqlash mumkin yemas). Har bir guruh atrofidagi nojo'ya hodisalar og'irligiga ko'ra kamayib borayotgan tartibida keltirilgan. 
Immun tizimi tomonidan: tez-tezligi noma'lum-preparatning tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik, yuz shishishi.
 
Nerv tizimi tomonidan: tez-tez - bosh og'rig'i, disgevziya; tez-tez emas-bosh aylanishi, gipesteziya; chastotasi noma'lum-uyquchanlik.
 
Ko'rish a'zolari tomonidan: tez-tez-ko'zdagi og'riq, ko'z achishishi, quruq ko'z sindromi, ko'zdagi noodatiy xislar; tez-tez emas-shox parda eroziyasi, shox parda epiteliysi nuqsoni, nuqtali keratit, keratit, diagnostik sinamalar o'tkazishda shox parda nuqsoni soxasida qizil pigmentni to'planishi, ko'zdan ajralmalar chiqishi, yorug'likdan qo'rqish, ko'rishni xiralashishi, ko'z o'tkirligini pasayishi, blefarospazm, ko'zda noqulaylik, ko'z qichishishi, follikulez kon'yunktivitlar, kon'yunktiva tomonidan buzilish, ko'da yot tana bo'lish xissi, ko'z yoshi oqishi, qovoqlar eritemasi, qovoqlar shishi, qovoqlar tomonidan buzilishlar, kon'yuktival in'ektsiya; tez-tezligi noma'lum- shox parda shishi,  kon'yunktiva shishi, kon'yunktivitlar, midriaz, ko'ruv funktsiyalarini buzilishi, qovoqlar chetida  qobiqlar bo'lishi; 
Nafas tizimi tomonidan: tez-tez- burun qurushi; tez-tez emas- rinit; tez-tezligi noma'lum -dispnoe, sinusit.
 
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tezligi noma'lum-ko'ngil aynishi, qusish. Teri va teri osti yog' kletchatkasi tomonidan: tez-tez emas- kontakt dermatit, teri qizish hissi, teri qurushi; tez-tezligi noma'lum - dermatit, eritema. 

Boshqalar: tez-tez –o'ta charchash; tez-tezligi noma'lum- asteniya, noqulaylik xissi. Juda kam hollarda, shox pardani sezilarli zararlanishi bo'lan bemorlarda fosfat tutuvchi tomchilarni qo'llashda shox pardani kal'tsifikatsiyasi rivojlangan
Shifokor retsepti bo'yicha beriladi.
Oft-allerg benzalkoniy xloridi konservantini saqlaydi, u kontakt linzalarda so'rilishi mumkin.  Preparatni tomizishdan oldin linzani olish kerak va tomizishdan kamida  20 daq keyin qayta o'rnatilishi kerak.
Eritmaning ifloslanishini oldini olish uchun pipetkaning uchini hech qanday sirtga tekkizish kerak emas.

Pediatriyada qo'llanishi

3 yoshgacha bo'lgan bolalarda preparatdan foydalanish tajribasi yetarli mavjud emas. Oft-allerg 3 yosh va undan katta yoshdagi bolalarga kattalar bilan bir xil dozalarda buyurilishi mumkin.
 
Avtotranspoprtni  haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir ko'rsatish

Agar bemorda preparatni qo'llashdan keyin ko'rish ravshanligi vaqtincha pasaysa, u tiklangunga qadar avtomobilni haydash va psixomotor reaktsiyalarning yuqori kontsentratsiyasi va tezligini talab qiladigan boshqa faoliyat bilan shug'ullanish tavsiya etilmaydi.

Homiladorlik va emizish davrida qo'llash

Homiladorlik va laktatsiya davrida (emizish) preparatni qo'llash bo'yicha yetarli tajriba yo'q. Homilador ayollarda va emizuvchi onalarda qo'llash faqat kutilgan terapevtik ta'sir homila yoki chaqaloqda  nojo'ya ta'sir rivojlanishinning potentsial xavfidan oshganda mumkin. 
- allergik kon'yunktivitda qo'llanadi.

- preparatning tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik; 

- homiladorlik; 

- emizish davri; 

- 3 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin emas. 

Ehtiyotkorlik bilan: quruq ko'z sindromi va shox parda kasalliklari birga kelgan bemorlarda.

Mahalliy  foydalanish uchun boshqa oftalmologik preaparatlar bilan mos. Bir vaqtda qo'llash zarur bo'lganda, instillyatsiyalar orasidagi oraliq kamida 5 daqiqa bo'lishi kerak.
25 оС dan yuqori bo'lmagan haroratda original qadoqda saqlansin. 

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.


Yaroqlilik muddati

2 yil

Ochilgandan so'ng- 1 oy.

Yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanilmasin.


Rangsiz rangdan och sariq ranggacha shaffof yoki biroz loyqa eritma.
Mahalliy. Zararlangan ko'zning kon'yunktival qopchasiga 1 tomchidan 2 marta/sutka (8 soat oraliq bilan) tomiziladi. Davolash muddati-4 oygacha. Zarur bo'lganda, Oft-allerg boshqa dorilar bilan birgalikda ishlatilishi mumkin. Bunday holda, ulardan foydalanish oralig'i kamida 5 daqiqa bo'lishi kerak. Keksa yoshdagi bemorlarda dozani moslashing hojati yo'q. 3 yoshdan katta bolalarda Oft-allergni  kattalardagi kabi dozalarda ishlatilishi mumkin. Buyrak  yoki jigar yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda olopatadinni ko'z tomchilari shaklida yuborish bilan bog'liq hech qanday tadqiqotlar o'tkazilmagan. Shuning bilan birga, buyrak yoki jigar yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda dozani moslash kerakligi kutilmaydi. Preparatning mikrob bilan ifloslanishini oldini olish uchun flakonning uchini ko'z qovoqlariga, ko'z atrofi sohalari va boshqa yuzalarga tekkizish kerak emas. Preparatni qo'llagandan keyin qopqoqni mahkam yopish kerak.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

OFT-ALLERG tomchilar 5 ml 0,1% dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
OFT-ALLERG tomchilar 5 ml 0,1% dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
OFT-ALLERG tomchilar 5 ml 0,1% dori vositasi Jurabek Laboratories СП ООО tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
OFT-ALLERG tomchilar 5 ml 0,1% dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
OFT-ALLERG tomchilar 5 ml 0,1% dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 6 851 so'mdan Batafsil
Narh: 7 490 so'mdan Batafsil
Narh: 7 800 so'mdan Batafsil
Narh: 23 000 so'mdan Batafsil
Narh: 16 800 so'mdan Batafsil
Narh: 14 000 so'mdan Batafsil
Narh: 2 000 so'mdan Batafsil
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
Narh: 3 900 so'mdan Batafsil
Narh: 2 200 so'mdan Batafsil
NATRIYA XLORID inyeksiya uchun eritma 5ml 0,9% N5
Narh: 2 200 so'mdan Batafsil
KALSIYA XLORID inyeksiya uchun eritma 5ml 10% N5
Narh: 2 800 so'mdan Batafsil
Narh: 90 000 so'mdan Batafsil
Narh: 61 600 so'mdan Batafsil
Narh: 31 000 so'mdan Batafsil
Narh: 111 000 so'mdan Batafsil
RIBOKSIN inyeksiya uchun eritma 5ml 2% N10
Narh: 2 800 so'mdan Batafsil
Narh: 18 000 so'mdan Batafsil
Narh: 10 000 so'mdan Batafsil
Narh: 2 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9