×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

FARMATEKS tabletkalari 20mg N12

Kategoriya:
- Ginekologik dorilar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Frantsiya
Farmakoterapevtik guruh:
- Mahalliy qo’llash uchun kontratseptiv vosita.
Faol modda:
Бензалкония хлорид
Qadoqda soni:
- 12
Ishlab chiqaruvchi:
- Иннотера Шузи
Vakil:
- Laboratoire Innotech International
ATX kodi:
- G02BB
Noaniqliq haqida habar berish
O'zbekiston Respublikasi dorilar reestri ro'yxatidan o'tgan
Toshkentning 4 ta dorixonasida topildi

ico 69 800 s`om dan

Dorixonalardan izlash
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

Faol modda:

Miristalkoniy xloridi ……………………. 20,0 mg

YOrdamchi moddalar:

natriy gidrokarbonati …………………….110,0 mg

limon kislotasi ………………………………..96,0 mg

kolloid kremniy dioksid …………………..12,0 mg

mikrokristall sellyuloza …………………172,0 mg

magniy stearati …………………………………….5,3 mg

laktoza monogidrati ………………………….363,0 mg

makrogol 6000 ……………………………………..20,7 mg

Chiqarilish shakli  

Qin tabletkalari 20,0 mg

12 tabletkadan silikagelli polietilen tiqin bilan berkitilgan polipropilen tubada. 1 tuba qo’llash bo’yicha yo’riqnomasi bilan birga karton qutida.

Qin tabletkalari.
Miristalkoniy xloridi bir vaqtning o’zida spermitsid va antiseptik vosita hisoblanadi. Spermitsid ta’siri ta’sir etuvchi moddaning spermatozoidlarning membranasini parchalashi (dastlab dumini, so’ngra boshchasini) bilan bog’liq, bu shikastlangan spermatozoid tomonidan tuxum xujayrani urug’lanish imkonini yo’q bo’lishiga olib keladi. Samarasi qinga yuborilgandan keyin 10 minut o’tgach rivojlanadi.

Farmateksni qo’llash homilador bo’lish xavfini ahamiyatli darajada kamaytiradi, ammo uni to’liq bartaraf qilmaydi.

In vitro sharoitida Neisseria gonorrhoeae, Chlamydia spp., Trichomonas vaginalis, Herpes simplex 2 tipi, Staphylococcus aureus ga nisbatan faol. Mycoplasma spp. ga ta’sir qilmaydi va Gardnerella vaginalis, Candida albicans, Haemophilus ducreyi va Treponema pallidum ga sust ta’sir qiladi.

Qinning normal mikroflorasiga (shu jumladan Doderlyayn tayoqchasiga) va hayz ko’rish sikliga ta’sir qilmaydi.

Miristalkoniy xloridi qin shilliq qavatidan so’rilmaydi, normal fiziologik ajralmalar bilan chiqariladi yoki suv bilan oddiy yuvish orqali yo’qotiladi.

Allergik reaksiyalar, kontakt dermatit, qinda va/yoki sherikning jinsiy a’zosida qichishish va achishish, og’riqli siyish.

Ular paydo bo’lgan hollarda Farmateks preparatini qo’llashni to’xtatish kerak.

Agar yo’riqnomada keltirilgan nojo’ya samaralardan birontasi chuqurlashsa yoki Siz yo’riqnomada ko’rsatilmagan har qanday boshqa nojo’ya samaralarni sezsangiz, bu haqida shifokorga xabar bering.

Retseptsiz.

Kontratsepsiyaning samaradorligi preparatni to’g’ri ishlatishga bog’liq.

  • Jinsiy aloqadan 2 soat oldin va jinsiy aloqadan keyin 2 soat davomida jinsiy a’zolarni tozalash uchun sovun ishlatish taqiqlanadi, chunki sovun Farmateksning ta’sir etuvchi moddasini parchalaydi.
  • Jinsiy aloqadan keyin darhol tashqi jinsiy a’zolarni faqat toza suv bilan tozalash mumkin. Qinni yuvish jinsiy aloqadan keyin 2 soat o’tgach bajariladi.
  • Qinga kiritilgan Farmateks bilan vanna qabul qilish, dengizda, basseynda va suv xavzalarida cho’milish, keyingi kontratseptiv ta’sirini pasayishi xavfi tufayli mumkin emas.
  • Farmateks preparatini qinning kasalligi paydo bo’lganida, to qin dori vositalari bilan davolash tugagunicha ishlatishni to’xtatish kerak
Avtomobilni  va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri

Transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga preparatning salbiy ta’siri to’g’risida ma’lumotlar yo’q.

Reproduktiv yoshdagi ayollar uchun (shu jumladan peroral kontratseptivlarni yoki bachadon ichki kontratsepsiya qo’llashga qarshi ko’rsatma bo’lganida; tug’ruqdan keyingi davrda, emizish davrida; homiladorlik to’xtatilgandan keyin; menopauzadan oldingi davrda; nomuntazam jinsiy aloqada; peroral kontratseptivlarni muntazam ishlatishda o’tkazib yuborilgan yoki qabul qilish kechikilgan holda) mahalliy kontratsepsiyada qo’llanadi.

Qin diafragmasini yoki bachadon ichki kontratsepsiya ishlatilganida qo’shimcha mahalliy kontratsepsiya sifatida qo’llanadi.

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, vaginit, qin va bachadon bo’yni shilliq qavatini yaralanishi va ta’sirlanishida qo’llash mumkin emas.


Qinga yuborilgan har qanday dori vositasi preparatning spermatsid ta’sirini kamaytirishi mumkin. Yod eritmalari (shu jumladan yodonatning 0,1% li eritmasi) preparatni faolsizlantiradi.


25°С dan yuqori bo’lmagan haroratda saqlansin.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil. 

Yaroqlilik muddati o’tgach qo’llanilmasin

Oq, dumaloq hidsiz, markazida teshigi bo’lgan tabletkalar.
Qinga qo’llash uchun.

To’liq erishi uchun suv bilan xo’llangan tabletka yotgan holatda qinga chuqur qilib, jinsiy aloqadan 10 minut oldin yuboriladi. Ta’sir davomiyligi – 3 soatni tashkil etadi. Har bir qayta jinsiy aloqadan oldin albatta yangi tabletkani yuborish kerak.


Dozani oshirib yuborilishi belgilari ta’riflanmangan.
Preparat kontratseptiv vosita hisoblanadi, homiladorlik vaqtida qo’llanmaydi.

Miristalkoniy xloridi kontratsepsiyasi fonida homiladorlik aniqlansa, homiladorlikni kechishiga ta’siri aniqlanmagan. Ko’krak suti bilan chiqarilmaydi, emizish davrida qo’llash mumkin.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

FARMATEKS tabletkalari 20mg N12 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
FARMATEKS tabletkalari 20mg N12 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
FARMATEKS tabletkalari 20mg N12 dori vositasi Иннотера Шузи tomonidan Frantsiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
FARMATEKS tabletkalari 20mg N12 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
FARMATEKS tabletkalari 20mg N12 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
FARMATEKS vaginal kapsulalar 18,9mg N6
Narh: 45 000 so'mdan Batafsil
SEPTOLETE D pastilkalar so vkusom mentola N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Бензалкония хлорид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
FARMATEKS suppozitorii 18,9mg N10
Narh: 86 600 so'mdan Batafsil
FARMATEKS krem 72,0g 1,2%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Frantsiya
  • Faol modda: Бензалкония хлорид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Лаборатории Шемино/Иннотера Шузи
Ishlab chiqaruvchining dorilari
FARMATEKS vaginal kapsulalar 18,9mg N6
Narh: 45 000 so'mdan Batafsil
GELMINTOKS suspenziya dlya priema vnutr 15ml 125mg/2,5ml
Narh: 43 100 so'mdan Batafsil
GELMINTOKS 0,125 tabletkalari N6
GELMINTOKS 0,25 tabletkalari N3
FARMATEKS suppozitorii 18,9mg N10
Narh: 86 600 so'mdan Batafsil
ATRIKAN 250 250mg
Другие формы препарата
FARMATEKS suppozitorii 18,9mg N10
FARMATEKS vaginal kapsulalar 18,9mg N6
FARMATEKS vaginal kapsulalar N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: Frantsiya
  • Faol modda: Бензалкония хлорид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Каталент Франс Бейнхейм С.А./Иннотера Шузи
FARMATEKS krem vaginalniy 72g 1,2%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Frantsiya
  • Faol modda: Бензалкония хлорид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Laboratoire Innotech International manufactured by Innothera Chouzy
FARMATEKS krem vaginalniy 72g 1,2%
FARMATEKS krem 72,0g 1,2%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Frantsiya
  • Faol modda: Бензалкония хлорид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Лаборатории Шемино/Иннотера Шузи
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9